Dariy tilida ko‘chirma va o‘zlashtirma gap
Bitiruv malakaviy ishi dariy tilida koʻchirma gapli tuzilmalarni va oʻzlashtirma gaplarni oʻrganishga bagʻishlangan. Unda koʻchirma va oʻzlashtirma gaplar strukturasi, ularning sintaktik va stilistik xususiyatlari, shuningdek, muallif gapining koʻchirma gap bilan oʻzaro munosabatlari tahlil qilingan. Ish, asosan, dariy tilshunosligiga oid boʻlib, mavzu boʻyicha tadqiqotlar olib borilmagan. Malakaviy ishning asosiy xulosalari: koʻchirma gaplar va muallif gaplari bitta sintaktik birlik ekanligi, koʻchirma gaplar realligi, uning oʻziga xos xususiyatlari, emotsionalligi va intonatsion jihatlari, tuzilishi, gap boʻlaklarining tartibi va muallif gapining funktsiyasi kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.