O‘zbekistonda demografik jarayonlar o‘zgarishini statistik tadqiq qilish va prognozlashtirish
Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasining demografik jarayonlarini statistik tadqiq qilish va prognozlashtirishga bag'ishlangan bo'lib, unda tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, uslubiy asoslari, demografik jarayonlarning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, kelajakni prognoz qilish usullari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijasida aholi soni, tarkibi, tabiiy va mexanik harakati, shuningdek, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlarning hozirgi holati va ularning iqtisodiyotga ta'siri statistik va ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Oʻzbekistonning demografik jarayonlarini oʻrganish boʻyicha xalqaro tajriba va standartlar ham koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistonda demografik jarayonlarni statistik baholash va prognozlash boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.