Результаты моделирования ядерных реакций на основе финслеревой геометрии.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Finsler geometriyasi va uning fizika, xususan, kosmologiya va nisbiylik nazariyasidagi tatbiqlariga bag'ishlangan. Dissertatsiyada Evklid, Riman, Lobachevskiy va Finsler geometriyalarining asosiy tushunchalari va xususiyatlari batafsil ko'rib chiqiladi. Finsler geometriyasining metrik fazolarning ichki anizotropiyasini tavsiflashdagi roli, shuningdek, kosmologik modellarni qurish va kuzatiladigan astrofizik hodisalarni tushuntirishdagi ahamiyati o'rganiladi. Dissertatsiyada Finsler fazosining matematik apparati, xususan, tenzorlar, kovariant hosilalar va geodeziklar batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, Finsler geometriyasining qora tuynuklar fizikasi, tortishish to'lqinlari va olamning kengayishi kabi zamonaviy muammolarga tadbiqlari ham ko'rib chiqiladi.