Oliy ta’lim muassalarida tyutorlik faoliyati mazmuni va ishlash mexanizmi
Ushbu avtoreferat Oliy ta'lim muassasalarida tyutorlik faoliyati, uning mazmuni va ish faoliyatini takomillashtirish mexanizmlarini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishining qisqacha bayonidir. Tadqiqotda tyutorlik faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari, uni joriy etishning amaliy mexanizmlari, shuningdek, tajriba-sinov ishlarining mazmuni va natijalari tahlil qilingan. Xususan, avtoreferatda tyutorlik faoliyatining tarixiy rivojlanishi, zamonaviy oliy ta'lim tizimidagi o'rni, uning samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalarida tyutorlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.