Замонавий ўзбек либос дизайнида анъаналар ва инновация
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasi milliy kiyinish madaniyatini jahon moda sanoati bilan uyg‘unlashtirish, milliy dizaynerlik maktabining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda zamonaviy o‘zbek libos dizaynining shakllanishi, milliy an’analar va innovatsiyalar asosida yaratilgan uslublar, konstruktiv yechimlar, badiiy-kompozitsion va rang-tasvir uslublarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotda jahon moda sanoatidagi tendensiyalar, ularning o‘zbek milliy kiyinish madaniyatiga ta’siri, dizaynerlik faoliyatidagi ijodiy jarayonlar, zamonaviy liboslarni yaratishda milliy me’rosdan foydalanish hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalariga urg‘u berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning zamonaviy moda industriyasini rivojlantirishga, milliy dizayn maktabini shakllantirishga va yosh avlodlar orasida milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim ilmiy va amaliy tavsiyalar beradi.