Управление качеством в реальном секторе
Oʻzbekiston iqtisodiyotida real sektor sifatini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlariga bagʻishlangan ushbu darslik, talabalar, magistrlar, iqtisodchilar va menejerlar uchun moʻljallangan. Unda sifatni boshqarishning nazariy asoslari, jahon va milliy tajribalar, standartlashtirish, sertifikatsiyalash va metrologiya kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda ayniqsa, Oʻzbekistonda sifatni boshqarish tizimini joriy etish, uni takomillashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, sifatni taʼminlashda davlatning roli hamda xalqaro standartlar va tajribalar tahlili keltirilgan.