Кварцли олтин таркибли рудалардан олтинни гравитация - сорбция технологияси ёрдамида ажратиб олиш жараёнини танлаш, асослаш ва ҳисоблаш
Ushbu kitobda oltinni ajratib olish fabrikasida sorbsiyali sianlash sexining loyihasi ko'rib chiqilgan. Mavjud texnologiyalar solishtirilib, oltinli kvars rudalarini qayta ishlashning mukammal texnologik sxemasi yaratilgan. Loyihada texnik va texnologik hisob-kitoblar amalga oshirilgan, asosiy va yordamchi dastgohlar tanlangan va hisoblangan. Loyihaning umumiy rejasi, hajmi hisob kitobi amalga oshirilgan va loyihaning iqtisodiy samaradorligi hamda ekologik xavfsizligi ko'rsatilgan. O'rnatilgan texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar loyihani amalga oshirish uchun sarmoya 0,86 yilda qoplanishini ko'rsatdi. Mahsulotning rentabelligi 26,74% ni tashkil qildi. Asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar loyihaning iqtisodiy jihatdan samarador ekanligini va sarmoya kiritishga munosibligini tasdiqlaydi.