Konstitutsiyalarning shakllari, turlari va tuzilishi
Ushbu diplom ishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi, shakllari, turlari va umumiy tamoyillari, shuningdek uning huquqiy va siyosiy ahamiyati hamda O'zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasida Konstitutsiyaning huquqiy kafolati masalalarini yoritishga bag'ishlangan. Ishda Konstitutsiyaning mohiyati, jamiyatdagi o'rni, uning turli shakllari va turlari, qabul qilinish tartiblari, o'zgarishlar kiritish va bekor qilish mexanizmlari xorijiy tajribalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, O'zbekiston Konstitutsiyasining o'ziga xos xususiyatlari, uning shakllanishi, qabul qilinishi va davlat taraqqiyotini ta'minlashdagi roli atroflicha ko'rib chiqiladi. Konstitutsiyaviy tamoyillar, jumladan, xalq hokimiyatchiligi, suverenitet, qonuniylik, demokratiya va inson huquqlari kabi muhim jihatlar tahlil qilinib, ularning ahamiyati ochib beriladi. Ishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Harakatlar strategiyasini huquqiy kafolati sifatida ko'rsatgan holda, mamlakatning kelajakdagi rivojlanishiga ta'siri ham ko'rsatib berilgan.