Курашчилар жисмоний тайёргарлигини ошириш восита ва усуллари хусусияти
Ushbu ilmiy ish O‘zbekistonda qadimdan rivojlanib kelayotgan milliy sport turi hisoblangan kurashning nazariy asoslari, o‘ziga xos jihatlari va uni ommalashtirish yo‘llariga bag‘ishlangan. Unda kurashning tarixi, rivojlanish bosqichlari, sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish usullari, texnik-taktik mahorati, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati kabi muhim masalalar atroflicha yoritilgan. Asosiy urg‘u kurashchi yoshlarining jismoniy tayyorgarligini har tomonlama rivojlantirishga, ularning texnik-taktik mahoratini oshirishga, kurashning milliy va xalqaro miqyosda yanada ommalashishiga qaratilgan. Kitobda jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha turli mashqlar, uslublar, tavsiyalar berilgan bo‘lib, bu kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilar hamda murabbiylar uchun qo‘llanma vazifasini o‘taydi.