Услубий кўрсатма
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, Namangan Davlat Universitetining "Matematika" kafedrasi tomonidan tayyorlangan. U "Oliy matematika asoslari" fanidan filologiya fakultetining "Rus tili va adabiyoti" yo'nalishi talabalari uchun uslubiy ko'rsatma hisoblanadi. Ko'rsatma mazmuni talabalarning matematik bilimlarini oshirish, lingvistik jarayonlarni o'rganishda matematik usullarni qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kitobda o‘quv dasturi, fanining ishchi dasturi va ishchi o‘quv rejasida qamrab olingan ma’lumotlar mavjud.