Мактаб-лаборатория
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib, "Maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalari orqali maktablarda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Unda ta'limga innovatsion yondashuvlar, klaster tizimi, "Maktab-laboratoriya" loyihasining ahamiyati va uni amalga oshirish yo'llari atroflicha yoritilgan.