Boshlang‘ich sinflarda mehnat darsi to‘garaklarini tashkil etish
Ushbu kitob boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun uslubiy qo'llanma bo'lib, unda mehnat darsi to'garaklarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Qo'llanma Farg'ona viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan tasdiqlangan. Kitobda munchoqlardan gul tikish, mashina yasash, nina uchun yostiqcha tikish, choynak uchun taglik tikish, ro'molcha tikish, ikibana tayyorlash, archa uchun o'yinchoqlar yasash, archa applikatsiyasi, qog'ozdan pirpirak tayyorlash, qog'ozni buklab hayvonlar yasash, patlardan turli shakllar yasash, urug'lardan shakllar yasash va barglardan shakllar yasash kabi amaliy mashg'ulotlar keltirilgan. Har bir mashg'ulotning maqsadi, kerakli jihozlar va bajarish tartibi batafsil tushuntirilgan.