Тизимли дастурлаш тиллари (СИ)
Ushbu kitob "Sistemali dasturlash tillari (SI)" fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma bo‘lib, informatika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma SI dasturlash tilini o‘rganishda yordam beradi va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar va topshiriq variantlarini o‘z ichiga oladi. Unda tilning tuzilishi, operatorlar, standart funksiyalar, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlar algoritmlarini dasturlash, jadval kattaliklar bilan ishlash va grafik rejimda ishlash kabi mavzular yoritilgan.