Тейлор ва Маклорен қаторлар
Ushbu kitob Teylor va Makloren qatorlariga, ularning taqribiy hisoblashlardagi tatbiqiga bag'ishlangan. Unda Teylor va Makloren qatorlarining ta'riflari, xossalari va elementar funksiyalarni darajali qatorlarga yoyish usullari keltirilgan. Shuningdek, qatorlar yordamida funksiyalarning qiymatlarini taqribiy hisoblash, aniq integrallarni taqribiy hisoblash va differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari ko'rsatilgan. Kitob misollar bilan boyitilgan bo'lib, ularning yechimlari batafsil tahlil qilingan.