Товаршунослик
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Tovarshunoslik" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Kitobda tovarshunoslik fanining nazariy asoslari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining iste'mol xususiyatlari, ularning sifatini aniqlash usullari, standartlashtirish, turkumlash hamda assortimentini shakllantirish masalalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda don, un, non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavotlar, lazzatli mahsulotlar, sut, go'sht, baliq va ularning qayta ishlangan mahsulotlari, oziq-ovqat yog'lari, nooziq-ovqat tovarlari kabi mahsulotlarning xususiyatlari, tarkibi, sifati va saqlash qoidalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.