Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlangan "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish" fanidan ma'ruzalar matni jamlangan. Kitobda ekologiyaning asosiy tushunchalari, ekologiya fanining bo'limlari va sohalari, O'rta Osiyo allomalarining ekologiya haqidagi qarashlari, O'zbekistonda ekologiya fanining rivojlanishi, insonning tabiat bilan o'zaro munosabatlari, ITRning atrof-muhitga ta'siri, ekologik muammolar, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy-nazariy asoslari, tuproq, suv, atmosfera va ularni muhofaza qilish, biosfera, agroekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, hayvonot dunyosi va o'simliklar dunyosini muhofaza qilish, shuningdek, ekologik ta'lim-tarbiya masalalari chuqur yoritilgan.