Materialshunoslik
Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish, texnologik mashinalar va jihozlar, shuningdek, qishloq xo'jalik texnikasiga xizmat ko'rsatish yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, materialshunoslik fanining asosiy tushunchalari, metall va nometall materiallarning turlari, tuzilishi, xossalari, markalanishi va ularga ishlov berish usullari hamda zagotovkalarga ishlov beradigan va detal tayyorlash uchun kerak bo'ladigan eng yaxshi texnologik usullarni tanlash bo'yicha nazariy bilimlar beradi. Kitobda materiallar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning turlari, xossalari, fizika-kimyoviy, mexanik, texnologik xossalari, shuningdek, qora metallar, rangli metallar, polimerlar, keramika va kompozitsion materiallar kabi keng qamrovli mavzular yoritilgan.