Эргономика
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug'iga asosan tasdiqlangan bo'lib, "Ergonomika" fanidan o'rin olgan barcha ma'ruzalar, mavzular va ularning mazmunini o'z ichiga oladi. Darslikda ergonomikaning nazariy asoslari, inson antropometriyasi, uning fiziologik xususiyatlari, ish joylarini loyihalashda gigiyenik va estetik talablar, ergonomikaning mikroiqlim, yoritish, mebel va ofis jihozlari, shuningdek, sanitariya-gigiyenik holatga oid talablar batafsil yoritilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan zamonaviy mebel dizaynlari, oshxona va ofis jihozlarini loyihalashning ergonomik jihatlari hamda amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ish mavzulari ham o'rin olgan.