Эхмни биотехнологияга татбиқи
Ushbu kitob "EXMNI BIOTEXNOLOGIYAGA TATBIQI" fanini o'qitishda qo'llaniladigan uslubiy qo'llanmadir. Unda kimyoviy va biotexnologik jarayonlarni EXM (elektron hisoblash mashinasi)da hisoblash usullari ko'rsatilgan. Qo'llanma talabalarga ba'zi hisoblash usullarini, jarayonning matematik modelini qurishni va ularni Pascal algoritmik tilida EXMda hisoblashni o'rgatadi. Kitobda masalalarni yechish bosqichlari, funksiyalar qiymatlarini hisoblash, tenglamalarni yechish, aniq integrallarni hisoblash, tajriba natijalarini matematik ishlash va differentsial tenglamalar kabi mavzular qamrab olingan. Har bir bo'limda tipik masalalarni yechish blok-sxemasi, izohlari va Basic tilida hisoblash dasturlari keltirilgan. Bo'lim oxirida kimyo va biologiya mutaxassisliklari uchun xarakterli bo'lgan va ko'p tarqalgan masalalardan variantlar berilgan.