Е р ҳуқуқи
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida er huquqini shakllanishi, rivojlanishi, asosiy tushuncha va tamoyillari, manbalari, mulk shakllari, undan foydalanish tartibi, huquqiy javobgarlik masalalari kabi bir qator huquqiy masalalarni yoritadi. Kitobda Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ahamiyati, xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kitob davomida kadastr, davlat nazorati va yer tuzish kabi muhim mavzularga ham to'xtalib o'tilgan.