“Ал-муҳит” асари ва унинг Мовароуннаҳр қозилигида тутган ўрни
Ushbu dissertatsiya, o'rta asrlar Movarounnahrida (XI-XIII asrlar) huquqiy tizimning shakllanishi, jumladan, qozi makazmalarining faoliyati va ularning xujjatlarini yuritish qoidalari haqida bo'lgan ilmiy tadqiqotdir. Tadqiqotda Burhonuddin Mahmud al-Buxoriyning "al-Muxit" asari asosiy manba sifatida olingan. Asarda "shurut" (shartnomalar tuzish qoidalari) va "al-maxozir va-s-sijillot" (qozi xujjatlari va ularni rasmiylashtirish) bo'limlari chuqur tahlil qilinib, o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va huquqiy hayotning muhim jihatlari ochib berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Burhonuddin Mahmud al-Buxoriyning ilmiy merosini, xususan, uning "al-Muxit" asarining o'rni va ahamiyatini o'rganishdan iborat.