O'zbekistonda maxsus pedagogika fanining rivojlanishi va uning istiqboli
Ushbu kitob O'zbekistonda maxsus ta'limning rivojlanish tarixi, bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan. Unda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, nogironligi bo'lgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilish, maxsus ta'lim muassasalarining faoliyati va ularni qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqilgan. Kitobda xalqaro tajriba va O'zbekiston Respublikasida bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosati va dasturlari tahlil qilingan. Shuningdek, o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash yo'llari, mutaxassislarni tayyorlash, ta'lim resurslari bilan ta'minlash va inklyuziv ta'limni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar tahlil qilinadi.