“Sahih al-Buxoriy”ga hanafiy mazhabi asosida yozilgan sharhlar tahlili (“Umdat al-qoriy” asari misolida)
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Badruddin Ayniyning "Umdat al-qori" nomli asari misolida "Sahih al-Buxoriy"ga yozilgan hanafiy sharhlar tahliliga bag'ishlangan. Tadqiqotda X asrdan boshlab to hozirgacha hanafiy olimlar tomonidan "Sahih al-Buxoriy"ga yozilgan sharhlar va ularning tadqiqot usullari oʻrganilgan. Ayniqsa, Badruddin Ayniyning hayoti, ilmiy merosi va "Umdat al-qori" asarining manbashunoslik jihatlari, hanafiy mazhabiga oid ilmiy-amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida hanafiy sharhlar tasnifi, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar bilan bog'liqligi ochib berilgan.