Oilada bola tarbiyasining tarkibiy qismlari
Ushbu uslubiy qoʻllanma oilada bola tarbiyasining turli qirralarini, jumladan aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiyalarini, shuningdek, bolani maktabga tayyorlash va oilada mehnat tarbiyasini tashkil qilish kabi masalalarni oʻz ichiga oladi. Qoʻllanmada ota-onalarga va bo'lajak pedagoglarga bola tarbiyasi boʻyicha nazariy bilimlar berish, shuningdek, bu bilimlarni amaliy hayotda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish koʻzda tutilgan.