“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish metodikasi
Ushbu avtoreferat “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik lisey oʻquvchilarining mustaqil ishlash kompetensiyalarini elektron ta'lim resurslari vositasida rivojlantirish metodikasi mavzusida tayyorlangan. Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tatbiq etish, elektron ta'lim resurslarini takomillashtirish, hamda oʻquvchilarning umumta'lim fanlarini chuqur va mukammal oʻzlashtirishida samarali tadqiqotlar amalga oshirilishi koʻrsatilgan. Tadqiqotning maqsadi «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik lisey oʻquvchilarini elektron ta'lim resurslari vositasida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, jumladan, tavsiyalar va xulosalar keltirilgan.