Biologiya
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamda Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti tomonidan tayyorlangan 'BIOLOGIYA' fanidan o‘quv-uslubiy majmua hisoblanadi. Kitobda biologiya fanining vazifasi, o‘rganadigan sohalari va uslublari, Ch.Darvinning evolyusion ta'limoti, Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, Hujayra biologiyasi, Organizmda modda va energiya almashinuvi, Organizmlarni klassifikatsiya qilish prinsiplari va usullari, Mutatsiyalar, Genlarning o‘zaro ta’siri, Uzoq formalarni duragaylash, Xromosomalar nazariyasi, O‘zgaruvchanlik qonuniyatlari, Poliplodiya va gaploidiya, Geterozis, Sitoplazmatik erkak pushtsizligi, Populyasiya genetikasi kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda har bir mavzu oxirida nazorat savollari keltirilgan bo‘lib, talabalarning fanni chuqur o‘zlashtirishiga yordam beradi.