Boshlang`ich sinf o`quvchilaridagi bo’shliqlarni to’ldirishda testlardan foydalanish
Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilaridagi bo'shliqlarni to'ldirishda testlardan foydalanish masalalariga bag'ishlangan. Unda testlarning mohiyati, turlari (yopiq, ochiq, to'ldiruvchi, alternativ, moslikka doir, izchillikka doir, solishtirish, zanjirli, eslatuvchi, test-repetitor va rasmli testlar) va ularni o'quv jarayonida qo'llash usullari ko'rib chiqilgan. Maqolada test tuzishning muhimligi, test savollarini tayyorlashdagi asosiy qoidalar va testlarni sinovdan o'tkazish zarurligi ta'kidlangan. Maqola o'qituvchilarga testlardan samarali foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.