Систематизация орнаментов золотого шитья бухары и её символические обозначения
Ushbu maqolada Buxoro oltin kashtachilik san'atining simbolizmi va mazmunli ma'nolari o'rganiladi. O'rta Osiyo oltin kashtachiligi qadimiy ildizlarga ega bo'lib, ayniqsa Temur saroyida keng tarqalganligi haqida ma'lumot beriladi. Maqolada Buxoro oltin kashtachiligining boy va o'ziga xos bezaklari, texnik usullari va ko'p sonli tikuv turlari to'g'risida so'z boradi. Xususan, XIX-XX asr boshlarida «Zarduzi» oltin kashtachiligi Buxoroning o'ziga xos xususiyati bo'lganligi ta'kidlanadi. Maqolada oltin kashtachilikda ikki asosiy bezak turi – o'simliksimon va geometrik shakllar hamda ularning har bir elementi o'ziga xos nom va ma'noga egaligi yoritilgan. O'simliksimon bezaklar ko'pincha gullar va daraxtlardan olingan bo'lsa-da, ular stilizatsiyalashib, geometrik shakllarga aylangan. Oltin kashtachilikka Buxoro me'morchiligi, jumladan, uning aniq tuzilgan hajmlari, yarim doira arklar va boy dekorativ bezaklari ta'sir ko'rsatgan. Shuningdek, maqolada «bodom», «turunj», «anor», «uzum», «lola» kabi meva va gul bezaklarining ma'nolari va ularning ishlatilishi haqida batafsil ma'lumot beriladi. Mazkur bezaklar oilada baxt, osoyishtalik, ko'p farzandli bo'lish va farovonlikni, «turunj» esa oilani yomon ko'zlardan himoya qilishni anglatishi ta'kidlangan. Maqola Buxoro kashtachilik san'atining nafaqat madaniy meros ekanligi, balki zamonaviy moda va dizaynda ham o'z o'rnini topayotganligini ko'rsatadi. Oltin iplar bilan tikilgan kiyimlar o'zining go'zalligi, nafisligi va uslubi bilan ajralib turadi.