Сomparative analysis of grammatical and meaningful aspects of the sentences in English, Uzbek and Chinese languages
Qisqacha mazmun mavjud emas.
Qisqacha mazmun mavjud emas.
Ushbu kitob yosh o'qituvchilar va magistrantlarning ilmiy maqolalari to'plamidan iborat. Unda tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va boshqa gumanitar fanlarga oid maqolalar jamlangan. Maqolalarda ta'lim-tarbiya masalalari, til o'qitish metodikalari, lingvistik tahlillar va madaniy tadqiqotlar yoritilgan.
Ushbu dissertatsiya mavzusi dolzarbligi va zarurati Jahon tilshunosligida metaforalar eng faol oʻrganilayotgan lingvistik birlik hisoblanadi. Zero, metafora nafaqat lingvistik hodisa, balki undan ham muhimroq xususiyatga ega boʻlib, kognitiv tilshunoslikdagi kognitiv jarayonlar, empirik bilim va til kompetensiyasini oʻzida mujassam etgan kognitiv vosita hisoblanadi. Metafora shoir yoki yozuvchilarning oʻz his-tuygʻulari va kechinmalarini badiiy matnlarda ifodalash uchun kuchli lingvistik vosita boʻlib, metaforalar aniq va ommabop boʻlgan konseptlar orqali biror boshqa mavhum tushunchalarni kontseptuallashtirish va anglash imkonini beradi. Metafora – bu kognitiv mexanizm boʻlib, unda kognitiv subyekt bir sohadagi obyektnning xususiyatlari yoki belgilarini idrok qilish orqali boshqa sohaga moslashtiradi va shu bilan o'sha sohaga ma'lum tegishli xususiyatlarni tatbiq qilish va xaritalash jarayonida metaforik ma'nolarni yaratish imkonini beradi. Shunga koʻra, metaforalar har xil madaniyat va tillarda keng tarqalgan boʻlib, konseptual metafora nazariyasiga asoslangan turli madaniyat va tillarda mavjud boʻlgan metaforik ifodalarga soʻnggi yillarda katta e'tibor qaratilmoqda. Dunyo ilm-fanida kontseptual metafora boʻyicha tegishli tadqiqotlar san'at, musiqa, adabiyot, falsafa va kognitiv nuqtai nazardan olib borilgan. Turli tillarda kontseptual metafora nazariyasiga asoslanib, bir xil maqsadni qanday kontseptuallashtirishni o'rganish uchun ba'zi madaniyatlararo tadqiqotlar ham oʻtkazildi. Biroq, bu tadqiqotlarda kontseptual metaforalarning ishlash mexanizmi kognitiv nuqtai nazardan oʻrganilmagan. Oʻzbekistonda badiiy matnlardagi kontseptual metaforalarni madaniyatlararo nuqtai nazardan oʻrganishga yetarlicha e'tibor berilmagan. Xususan, ushbu tadqiqotlarda kontseptual metaforalarni kontseptual integratsiya nazariyasiga asoslangan holda ikki bir-biriga bog'liq boʻlmagan til - ingliz va xitoy tillarining madaniyatlararo farqi nuqtai nazaridan oʻrganilmadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi 4947-son "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida", 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida", 2022-yil 28- yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonlari, 2017-yil 20- apreldagi 2909-son “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanishida innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari" ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
Ushbu kitob rus tilida so'zlashuvchi, ammo xitoy tilini bilmaydiganlar uchun mo'ljallangan. Unda kundalik muloqotda zarur bo'ladigan so'z va iboralar jamlangan. Materiallar tematik printsip asosida tuzilgan bo'lib, aksariyat mavzular asosiy so'z va fe'llar ro'yxati bilan boshlanadi. Kitobda sayohat, biznes, madaniyatga oid ma'lumotlar va Xitoyga oid ko'plab foydali ilovalar mavjud.
Ushbu kitob Xitoy tibbiyoti va farmakologiyasining turli jihatlarini, xususan, dori vositalarining nomlanishi va tarjima qilish masalalarini o'rganadi. Kitobda Xitoy dori vositalarining tarkibi, ularning ishlatilishi, farmakologik ta'siri va nomlash usullari kabi mavzular batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, kitob Xitoy madaniyatida choyning o'rni, choyning farmakologik xususiyatlari va choy nomlarining etimologiyasini ham o'rganadi.
Ushbu kitob Xitoy tilidagi qurilish va me'morchilik sohasiga oid atamalarni lingvistik tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda mazkur sohadagi atamalarning kelib chiqishi, semantik o'zgarishlari, grammatik xususiyatlari va tuzilish modellari o'rganiladi. Kitobning asosiy maqsadi Xitoy me'morchiligiga oid qadimiy atamalarni hozirgi zamon tilida qanday qo'llanilish darajasini aniqlash hamda ularni o'zbek tiliga tarjima qilishning usullarini ishlab chiqishdir.
Qisqacha mazmun mavjud emas.
Ushbu dissertatsiya zamonaviy xitoy tilidagi “是 shì” elementi hosilalarining funksional-semantik xususiyatlarini va oʻzbek tilidagi muqobillarini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda “是 shì” elementining grammatikalashuvi, uning lingvistik maqomi, leksik-semantik va sintaktik mohiyati hamda oʻzbek tilidagi vazifaviy muqobillari batafsil oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari umumiy tilshunoslik, xitoy tili nazariy grammatikasi, xitoy tili morfologiyasi kabi fanlaridan ma'ruza matnlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratishda, shuningdek, oliy va oʻrta ta'limda xitoy tilini oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin.
Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining menejment, iqtisod va marketing yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o'rgatishga mo'ljallangan. Qo'llanma iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, bozor mexanizmlari, pul, aholi, daromad va kambag'allik kabi mavzularni qamrab oladi. Shuningdek, unda mashhur iqtisodchilarning hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar berilgan. Har bir mavzu grammatik mashqlar, lug'at boyligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar va mustaqil ishlar bilan mustahkamlanadi.
Ushbu kitob Xitoy tilidagi ko'makchilarni, xususan, fazoviy va vaqt munosabatlarini ifodalovchi ko'makchilarni semantik tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda ko'makchilarning xususiyatlari, ularning ishlatilishi va fazoviy hamda vaqt munosabatlarini ifodalashdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi.