Chizmachilik
Ushbu qo'llanma "Chizmachilik fanidan ma'ruza mashg'ulotlari" deb nomlanib, Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasining 1-bosqich talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada chizmachilikning nazariy asoslari, chizmachilik vositalari, chizmalar bilan ishlash qoidalari, standartlar, shriftlar, chiziq turlari, burchak va kesmalarni bo'lish hamda muntazam ko'pburchaklarni chizish usullari batafsil yoritilgan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'iga asosan tuzilgan va fan dasturiga muvofiq keladi.