Fizika (Magnetizm)
Ushbu oʻquv qoʻllanma «Fizika kursi»ning “Magnetizm” qismiga tegishli bo’lgan mavzularni oʻz ichiga oladi. Qoʻllanmada vakuumda magnit maydoni, vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi va oqimi, elektromagnit induksiya hodisasi, moddalarning magnit xususiyatlari, elektromagnit maydon, elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlariga doir nazariy ma’lumotlar va shu mavzular bo’yicha, masalalarni yechish namunalari, mustaqil yechish uchun masalalar va labolatoriya ishlari keltirilgan. Ushbu o‘quv qoʻllanma oliy ta’lim muassasalarining “Muxandislik ishi” ta’lim sohasi, 60710600 – Elektr energetikasi (elektr ta’minoti), 60711000 – Muqobil energiya manbalari va 60710700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari) ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan fizikadan o‘quv dasturiga moslab tuzilgan. Qoʻllanmani tayyorlashda mualliflar o’zlаrining ko’p yillik tajribalariga tayanib, fizik tushunchalar va kattaliklar, hodisalar va qonunlarning fizik mohiyatlarini sodda va ravon tildа bayon qilishga harakat qilgan.