Qurilishda organik va fizikaviy kimyo
Ushbu kitob umumta’lim maktablarining Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda kimyo faniga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo’ljallangan. Kitobda organik va fizikaviy kimyoning nazariy va amaliy mashg’ulotlarini bajarishda yordam beradigan ma’ruzalar matni keltirilgan. Unda fiziviy kimyo fanining rivojlanish tarixi, moddalarning agregat holatlari, termodinamika, kimyoviy muvozanat, eritmalar, fizikaviy kimyo tekshirish uslublari, kimyoviy reaksiyalar kinetikasi, kataliz, organik kimyo va uning nazariy asoslari, uglevodorodlar, galogenli birikmalar, spirtlar, fenollar, okso birikmalar, karbon kislotalar, murakkab efirlar, lipidlar, uglevodlar, azot saqlaydigan organik va geterosiklik birikmalar, yuqori molekulyar birikmalar kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, har bir mavzuga oid nazorat savollari va amaliy mashg’ulotlar uchun ham qo’shimcha ma’lumotlar keltirilgan.