DNK markerlari yordamida g’ozaning G.Hirsutum turi filogenetik qarindoshligini aniqlash.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida gʻoʻzada turlararo duragaylash orqali flogenetik qarindoshligini aniqlashning molekulyar markerlari yordamida tadqiq qilingan va flogenetik qarindoshligini aniqlashga aloqador boʻlgan QTL lokuslarini oʻrganishga bagʻishlangan. Ishda paxta sanoatining rivojlanishi, paxta tolasi sifatini oshirish yoʻllari, MAS (Markerga asoslangan seleksiya) usulining samaradorligi, SSR, RAPD, RFLP, CAPS kabi turli DNK markerlarining turlari va ularning qoʻllanilishi, genetik polimorfizmni aniqlash usullari, filogenetik daraxt tuzish, QTL kartalashtirish usullari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot natijasida Gʻoʻza populyatsiyasining genetik polimorfizmi va ota-ona shakllarining oʻzaro filogenetik munosabatlari aniqlangan. GH SSR toʻplami eng yuqori polimorfizmni koʻrsatgan va BNL SSR markerlaridan 46,7% Namangan-77 va qolgan 19 ta namunalar oʻrtasida polimorf boʻlganligi aniqlangan.