GIDROGAZODINAMIKA
Ushbu "Hidrogazodinamika" fanidan yozilgan uslubiy ko'rsatma 5310100 "Energetika (issiqlik energetikasi)" yo'nalishi va boshqa yo'nalishlar uchun davlat o'quv ta'lim standartlari asosida tayyorlangan bo'lib, o'quv uslubiy ko'rsatmalardan iborat. Unda fanning tarkibi, informatsion uslubiy ta'minoti, asosiy fanlar bilan bog'liqligi, suyuqlik va gazlarning gidrostatik bosimlari, harakat qonunlari, ularning asosiy parametrlari, bog'liq jihatlari, texnikada, xalq xo'jaligida qo'llanilishi, nazariy va amaliy mashg'ulotlar hamda zamonaviy qurilmalarda laboratoriya ishlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar va tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, hisoblash va grafik ishlarini bajarish bo'yicha sodda va tushunarli uslubda ma'lumotlar berilgan va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish nazarda tutilgan.