Umumlashgan Hardi tengsizligiga oid ba'zi bir natijalar
Ushbu kitob Samarqand Davlat Universiteti tomonidan tashkil etilgan Magistrantlarning XVIII-Ilmiy Konferensiyasi materiallarini o'z ichiga oladi. Konferensiya 2018-yilda Samarqandda o'tkazilgan. Kitobga aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishidagi eng dolzarb ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy ma'ruzalar materiallari kiritilgan. Bu to'plam talabalar, magistrantlar, doktorantlar va mazkur fanlar bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va dolzarb masalalar yoritilgan.