Hududlarda kichik biznesni rivojlantirish va aholi bandligi menejmenti
Ushbu bitiruv malakaviy ish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli, rivojlanish tendensiyalari, muammolari va istiqbollari, shuningdek, ularni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish, uning iqtisodiyotdagi o'rni, huquqiy asoslari, mavjud muammolar va rivojlantirish yo'llari tahlil qilinadi. Shuningdek, kichik biznes sub'ektining faoliyati misolida iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili ham o'rin olgan. Ishning asosiy maqsadi O'zbekiston iqtisodiyotida kichik biznesning rivojlanishi va aholi bandligini ta'minlashdagi ulushini o'rganishdan iborat.