Aholi daromadlari va turmush sifati
Ushbu o‘quv qo‘llanmada aholi daromadlari, uning turlari, shakllanish manbalari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari, aholi daromadlarining tabaqalashuvi, daromadlar siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, turmush sifati va uning asosiy ko‘rsatkichlari, iste’mol budjeti va uning shakllanishi, kambag‘allik muammosi va uni cheklash yo’llari yoritilgan. Kitobda shuningdek, aholining pul daromadlari, mol-mulkdan olingan daromadlar, transfertlar va boshqa daromad turlari, ularning tarkibi va shakllanishi, shuningdek, daromadlarning asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari va oilalar bo’yicha tabaqalanishi, aholi turmush darajasi ko’rsatkichlari va ularning tarkibi, aholi daromadlarining tabaqalanishiga ta’sir etuvchi omillar, turmush sifatining asosiy komponentlari hamda uning umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari va omillari, aholi turmush darajasini aniqlash usullari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solishning mezonlari va usullari, daromadlar tadqiqoti va uning mezonlari, aholi daromadlarini soliqqa tortish, aholi daromadlarini inflyatsiyaga qarshi yo‘nalishda tartibga solish hamda aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va omillar va ularni baholash usullari tahlil qilingan.