Ko‘chmanchi chorvadorlarning hududiy joylashuvi va ularning hayot tarzi (Qadimgi Xorazm tarixi misolida)
Ushbu dissertatsiya avtoreferati ko'chmanchi chorvadorlarning qadimgi Xorazm davlati va uning chegaralaridagi hududiy joylashuvi hamda ularning hayot tarzi masalalarini, koʻchmanchi chorvadorlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, jangovarlik qobiliyatini yoritib beradi. Tadqiqotda yozma va arxeologik manbalar asosida koʻchmanchi chorvadorlarning turmush tarzi, migratsiyasi, iqtisodiy aloqalari hamda boshqaruv tizimi tahlil qilingan. Xorazm vohasi va uning atrofidagi koʻchmanchi qabilalar, ularning madaniyati, Xorazm davlati bilan oʻzaro munosabatlari, shuningdek, ularning ijtimoiy-siyosiy hayoti tadqiq qilingan.