Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari
Ushbu malakaviy bitiruv ishi maktab kimyo kursida “Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari” mavzusini o'qitish metodikasiga bag'ishlangan. Unda eritmalarning ta'rifi, xossalari, konsentratsiyani ifodalash usullari, turli konsentratsiyali eritmalarni tayyorlash usullari ko'rsatilgan. Shuningdek, kimyo darslarida mazkur mavzuni o'qitish uchun bir soatlik dars ishlanmasi, mashqlar, masalalar va test savollari keltirilgan. Ish innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligini asoslaydi va o'quv jarayonida qo'llanilishi mumkin bo'lgan usullarni ko'rib chiqadi. Tadqiqot natijalari ta'lim muassasalarida ushbu mavzuni o'qitishni takomillashtirishga qaratilgan.