Mexanikadan praktikum
Ushbu uslubiy qo'llanma mexanika kursining "Mexanika" bo'limiga oid laboratoriya ishlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari bakalavriatining "Fizika", "Astronomiya" va "Elektronika" yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada fizikaning asosiy qonunlarini va hodisalarini chuqurroq o'zlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga ijodiy yondoshish, tajriba usulini tanlay bilish, fizik kattaliklarni o'lchash va ularni formulalar yordamida tekshirish, zamonaviy asbob-uskunalar hamda fizikaviy o'lchash natijalarini matematik jihatdan ishlab chiqish usullari bilan tanishtirish maqsad qilib qo'yilgan. Qo'llanmada har bir laboratoriya ishi uchun kerakli asbob va materiallar, nazariy ma'lumot, qurilmaning tavsifi va ishni bajarish tartibi ko'rsatilgan. Shuningdek, talabalar o'z bilimlarini tekshirish uchun nazorat savollari ham keltirilgan. Qo'llanma oxirida ba'zi fizik kattaliklarning turli sharoitlardagi qiymatlari ilova qilingan.