Missionerlik
Ushbu kitob missionerlikning mohiyati, maqsadlari, oqibatlari va uning oldini olish yo'llarini o'rganadi. Kitobda dinlar, konfessiyalar, diniy sektalar, ularning faoliyati va dunyo dinlarining hozirgi holati haqida ma'lumot beriladi. Missionerlikning zamonaviy ko'rinishlari, uslublari, moliyaviy manbalari va unga qarshi kurashning huquqiy asoslari ham ko'rib chiqiladi. Kitobda yoshlar va ayollar o'rtasida missionerlikning o'ziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor qaratiladi.