Falsafa (mantiq, etika, estetika, dinshunoslik va korrupsiya) fani
Ushbu kitob "Falsafa" fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli, borliq falsafasi (ontologiya), jamiyat falsafasi va inson borlig‘i, rivojlanish nazariyasi (dialektika), bilish falsafasi (gnesologiya), globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi, mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi, etika va estetika, din, din madaniyat fenomeni, Islom dini va tarixi, diniy madaniy an'nalarning ahamiyati, diniy fanatizm va dindorlik, global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g‘oyaviy asoslari kabi falsafaning muhim bo'limlarini o'z ichiga oladi. Kitobda har bir mavzu bo'yicha batafsil ma'lumotlar, nazariy asoslar, falsafiy qarashlar, tushunchalar, kategoriyalar, tavsiyalar va takrorlash uchun savollar keltirilgan. Shuningdek, u umumiy foydalanish uchun tayyorlangan uslubiy qo'llanma sifatida tuzilgan bo'lib, talabalarning falsafa fanini chuqur o'zlashtirishlari uchun mo'ljallangan.