Оna tili
Ushbu kitob "Ona tili" fanidan mustaqil ta'lim ishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Qo'llanma maktabgacha ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan va talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kitobda mustaqil ta'lim ishlarining turlari, ularni bajarish bo'yicha uslubiy tavsiyalar, baholash mezonlari va foydali adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.