Pedagogik mahorat
Afzalovning "Pedagogik mahorat" kitobi boʻlajak oʻqituvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishda nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar bilan qurollantirishga qaratilgan. Qoʻllanmada pedagogika tarixi, taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi, didaktika, pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar kabi masalalar keng yoritilgan. Shuningdek, kitobda boʻlajak oʻqituvchilarning nutq madaniyati, muomala odobi, tashkilotchilik qobiliyatlari va oʻz-oʻzini boshqarish masalalari ham oʻrin olgan.