Payvandlashning asosiy uslublari
Ushbu kitob "Payvandlashning asosiy uslublari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatma hisoblanadi. Unda payvandlashning turli usullari, ularning printsipial sxemalari, tuzilishi va qo'llanish sohalari, shuningdek, payvandlash jarayonida asosiy parametrlarni hisoblash bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Kitobda payvandlashning asosiy usullari, jumladan, yoyli payvandlash, gazli payvandlash, plazmali payvandlash, lazerli payvandlash, kontaktli payvandlash, diffuzion payvandlash, elektr-shlakli payvandlash, qo‘shimcha materiallar, payvandlash jihozlari, qismlar va ularning turlari, payvand choklarining geometrik o‘lchamlari va konstruktiv elementlari, shuningdek, payvandlash jarayonida ishlatiladigan turli qo‘shimcha uskunalar va jihozlar hamda ularning xususiyatlari batafsil yoritilgan. Har bir mavzu oxirida nazorat savollari va amaliy mashg‘ulotlar keltirilgan.