Pomidorni dastlabki qayta ishlashda foydalanadigan mashina va uskunalar.
Ushbu kitob pomidor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash texnologiyalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekistonda pomidorning ahamiyati, biologik xususiyatlari, rayonlashtirilgan navlari, terishdan to qayta ishlashgacha bo'lgan jarayonlar, turli xil konservalar tayyorlash usullari, ularni saqlash va buzilish turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob qishloq xo'jaligi mutaxassislari, fermerlar va uy sharoitida konserva tayyorlashni o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan.