Trikоtaj matоsi ishlab chiqarish uchun ip tayyorlashni
Ushbu diplom loyihasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Yengil sanoat texnologiyasi fakultetida "Trikotaj matosi ishlab chiqarish uchun ip tayyorlashni texnik-texnologik shartlarini belgilash" mavzusida tayyorlangan. Unda paxta tolalari asosida zamonaviy texnologiyalar va jihozlardan foydalanib ip yigirish jarayonining texnik-texnologik shartlari asoslab berilgan. Loyihada xom ashyo tanlash, uning sifatini aniqlash, optimal yigirish tizimi va jihozlarini tanlash, korxonada ekologik masalalarni hal etish, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash kabi masalalar atroflicha o'rganilgan.