Ёрдамчи сўзларнинг лингвистик табиатига доир айрим мулоҳазалар
Maqolada o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlarning lingvistik xususiyatlari, ularning mustaqil so‘z turkumlari bilan munosabati, aloqa o‘rnatishdagi roli va turlari (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama) ko‘rib chiqiladi. Ko‘makchilar ot va otlashgan so‘zlar bilan, bog‘lovchilar so‘zlar va gap qismlari bilan, yuklamalar esa so‘z yoki gaplarga qo‘shimcha ma’no berish uchun ishlatilishi tahlil etiladi. Muallif, ayniqsa, ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning lug‘aviy ma’nosi bor-yo‘qligi haqidagi bahslarga e’tibor qaratadi va o‘z mulohazalarini bildiradi.