Қўзғалувчан қисмининг фаол юзаси ўзгарувчан бўлган бурчак силжишларини ўлчовчи трансформатор ўзгартиргичлар
Ushbu dissertatsiya ishi transformer o'zgartirgichlar orqali burchak siljishlarini yuqori aniqlik va sezgirlik bilan o'lchashga bag'ishlangan. Tadqiqotda yangi konstruksiyali transformer o'zgartirgichlar, ularning nazariy modellari va asosiy texnik xarakteristikalarini tadqiq etish natijalari keltirilgan. Ishda elektr va magnit zanjirlar nazariyasi, energiya-axborot modellari va boshqa usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida olingan ishlanmalar va ixtirolar avtomobil va temir yo'l transportida qo'llash uchun tavsiya etiladi.