Ўрикни етиштириш ва ундан кампот тайёрлаш технологиялари
Mazkur kitobda O‘zbekiston sharoitida o‘stiriladigan o‘rik navlari, ularni yetishtirish texnologiyasi, mevalarini terish, saqlash va qayta ishlash usullari batafsil yoritilgan. Xususan, o‘rikning turli navlarining tavsifi, o‘sish sharoitlari, mexanik va kimyoviy tarkibi, hosildorligi, shuningdek, ulardan tayyorlanadigan turshak, kompot, sharbat, murabbo kabi mahsulotlarning texnologiyasi haqida ma’lumot berilgan. Kitobda o‘rik yetishtirish va qayta ishlashda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar, texnikalar va zaruriy tadbirlar ham ko‘rsatib o‘tilgan.